Yuzingiz uchun qanday krem tanlashni bilasizmi?



Yuz terisini oziqlantirish

Yuz terisini oziqlantirish yuzning sog’lom nur taratishining asosiy omillaridan biridir. Yuzni ozilqantirishning oddiy usuli ma’lum bir kremlardan foydalanishdir. Hozirgi kunda kosmetik vositalar do’koniga kirganimizda yoki kataloglarni ko’zdan kechirganimizda bir qancha kremlarning turini ko’ramiz. Biroq krem tanlashda yuzimizni turi va yoshimizni hisobga olishimiz kerak. Ho’sh unda qay bir krem mening yuzimga mos keladi deb o’ylanishingiz mumkin. Dugonajonlar , bugun sizga shu haqida ya’ni kremlarning turlari haqida biroz ma’lumot bermoqchiman.

Yоg‘li teri uchun (Для жирной кожи)

bu nomdagi krem yog’li yuz terilari uchun mo’ljallangan bo’lib, ular yuzdagi yog’ hujayralarini faoliyatini normallashtiradi, agar sizning yuzingizda husnbuzarlar bo’lsa, bunday krem sizga ayni muddao.

Quruq teri uchun (Для сухой кожи)

Bunday kremlar, quruq yuz sohibalari uchundir. Agar sizning yuzingiz yuvganingizdan so’ng tortishsa bilingki, bunday kremlar aynan siz uchun. Shu o’rinda aytishim kerakki, quruq yuz egalari yuzlariga alohida e’tibor berish kerak, chunki quruq yuzlarga ajin tushish ehtimoli yuqori.

Normal yuz terisi uchun (Для нормальной кожи)

O’z nomidan ma’lumki, bunday krem normal yuz terilari uchundir. Lekin bunday yuz egalari bizning iqlim muhitimizda kam uchraydi.

Аralash teri uchun krem (Для комбинированная кожа)

Bu aralash teri uchun kremdir. Aralash terining hamma qismlari bir hil bo’lmaydi. Ko’p hollarda yuzning burun va iyak qismlari yog’li, peshona va yanoq qismlari esa quruq bo’ladi.

Ta'sirchan yuz terisi uchun (Для чуствительная кожа)

Odatda bunday kremlarni bizning do’konlarimizda kam uchrataman. Bu krem ta’sirchan yuz terilari uchun mo’ljallangan. Agar sizning teringiz shamol, quyosh va issiqlik ta’sirida qizarib ketsa yoki kosmetik vositalar(pudra, tonalka) ga allergiyangiz bo’lsa, unda sizning teringiz ta’sirchan teridir.

Barcha turdagi yuz terisi uchun (Для всех типов кожи)

Bu krem hamma terilar uchundir. Bunday kremlar asosan, makiyaj oldidan ishlatilishga mo’ljallangan. Lekin mening shaxsiy fikrimcha, makiyaj oldidan ham aynan o’z yuz teringizga moljallangan kremdan ishlatganingiz ma’qul.

Kunduzgi krem (Дневной крем)

Kunduzgi krem bo’lib, kunduzi yuzga surtish uchundir.

Tungi krem (Ночьной крем)

Tunda ishlatish uchun krem. Tungi kremlarni aslo kunduzi foydalanmang. Chunki tungi kremlar quyosh nurida yuzda dog’ paydo qilishi mumkin.

Oqartiruvchi krem (Осветляющий крем)

Oqartiruvchi kremdir. Agar yuzingiz quyosh nuridan qoraygan yoki dog’lar paydo bo’lgan bo’lsa, bunday krem siz uchun.

Yuzdagi dog’lar qarshi (Против пигменты)

Bu ham yuzdagi dog’larni yo’qtish uchun kremdir.

SPF15, SPF30, SPF40 va hakozo- Bunday kremlar quyosh nuridan himoyalovchi kremlardir. Yoz kunlarida albatta bunday kremlardan foydalanishni maslahat beraman. Odatda men SPF 40 kremlaridan foydalanaman va bu bizning iqlimdan quyosh nuridan yaxshigina himoya qiladi.

Quyosh nurlarida bir hil qorayishi uchun krem (Крем для загар)

“Zagar” ya’ni terini quyosh nurlarida bir hil qorayishi uchun foydalaniladigan krem.

Namlantiruvchi krem (Увлажняющий крем)

Namlantiruvchi kremdir. Bunday kremga ayniqsa hozirgiday qish kunlarida talab oshadi. Namlantiruvchi kremlar yuzdagi namlikni saqlab turadi. Bu esa tashqi omillarning zararidan himoyalaydi.

Oziqlantiruvchi krem (Питательный крем)

Oziqlantiruvchi krem. Bu kremlar tarkibiga har hil turdagi vitaminlar kiritilgan bo’lib, u teriga ozuqa beradi. Oziqlantiruvchi kremlar ham turlarga bo’linadi. Misol uchun “питательный крем для сухой кожи”, “питательный крем для чуствительная кожа” va hakozo..

Yuzdagi yaltiroqni yo'qotish uchun krem (Матирующий крем)

Bu ham yog’li yuzlar uchun. Agar sizning yuzingizda husnbuzarlar yo’q, lekin issiqlik ta’sirda biroz terlab, yaltirab qolsa, demak sizning yuzingiz o’rta yog’li va shunday kremlar sizga mos.

+25; +30; +40; +60- krem qadoqlaridagi bunday belgilar yosh ko’rsatkichini bildiradi. +25- bu 25 yoshdan yuqori, +30- bu 30 yoshdan yuqori ayollar uchun. Krem tanlashda albatta bu ko’rsatkichlarga amal qiling.

Ajinlarga qarshi krem (Крем от морщин)

Bu ajinlarga qarshi krem bo’lib, bunday kremlarga yosh ko’rsatkichi albatta beriladi.

Yoshartiruvchi krem (Омолаживающий крем)

Yoshartiruvchi degan ma’noni beradi. Odatda bunday kremlar 30 yoshdan yuqori bolgan ayollarimizga taklif qilinadi. Odatda 30 yoshdan so’ng, terimizga ajin tushishni boshlab, o’z elastik holatini yo’qotadi, bunday vaqtlarda yoshartiruvchi kremlardan foydalanish kerak. Bunda ham albatta yosh ko’rsatkichiga amal qilgan holda.

Yuzdagi elastiklik holatini qaytarish uchun krem (Подтягивающий )крем

Tarjima qilganda ko’taruvchi so’zi kelib chiqadi. Bu kremlar ham yoshi katta ayollarga, yuz va iyak qismlari elastik holatini yo’qotgan holatlarda ishatiladi.

30 yoshdan oshganlar uchun krem (Для зрелой кожи)

Bu ajin tushgan va o’ta quruq yuzlar uchun krem, bunday kremlar yosh chegarasi ham 30 yoshdan yuqoridir.

Suyuq krem (Крем флюид)

bu kremlarning shakllari bolib, krem fluid oddiy kremdan suyuqroq ko’rinishda bo’ladi.

Davolovchi krem (Крем сыворотка)

Bu tarkibida davolovchi funksiyalar mavjud massa. Oddiy qilib aytganda ta’siri “odatiy kremdan kuchliroq krem”. Bunday krem turlariga asosan ajinlarga qarshi yoki +30 kategoriyalari kiradi.

Оzdiruvchi krem (Антицеллюлитный крем)

Mahalliy tilda aytganda ozdiruvchi krem. Bunday kremlar tananing to’la qismlariga surtiladi. Lekin bunday kremlar dori vositasi hisoblanmaydi. Ular to’lalikga qarshi mashqlar va dietalarga ko’makdosh sifatida ishlatiladi.

Bular biz ko’p uchratadigan krem turlaridir. O’zingizga kerakli ma’lumotni olgan bo’lsangiz, bundan juda hursandman. Keyingi blogimda kremlardan to’g’ri foydalanish haqida bo’ladi. Dugonajonlar o’zingizni asrang, doimo go’zallik bilan hamroh bo’ling, chuniki go’zallik dunyoni qutqaradi!!!