Shirinliklar bizni yemirmoqda!
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2015-10-12 17:12:59
- 0
- 0
- 9386
Los Anjelesda joylashgan Kaliforniya universiteti olimlari glyukozaning inson salomatligiga ta'siri borasida
qator izlanishlar olib borishdi. Ularning xulosasiga ko‘ra, shirinliklarni sevgan inson aql salohiyati darajasida aqlli bo‘lmas ekan. Soddaroq etib tushintirganda, hamma narsaga aqli yetishi mumkin bo‘lgan odam, shirinlik ta'sirida bunday qobiliyatdan mosuvo bo‘larkan. Shakar miya faoliyati ishlashini sekinlashtiradi, xotirani kamaytiradi va bilim olish darajasini tushirib yuboradi. U miya faoliyatiga mas'ul bo‘lgant Omega 3 — yog‘li aminokislotalarini parchalaydi. Tushunarli qilib aytadigan bo‘lsak, aqlli bo‘lishni istasang qizil baliq va yong‘oq yegin.
Agar vaqtinchalik ahmoqqa aylanishni lozim topsang, shirinliklar senga muntazir. “Biz olib borgan tadqiqotlar
shuni ko‘rsatdiki, nima haqida o‘ylashimiz biz yeyayotgan yeguliklarga bog‘liq”, – deydi neyrojarroh-professor,
Fernando Gomes-Pinilla. “Tarkibida glyukoza va fruktoza miqdori yuqori oziq-ovqat mahsulotlari vaqt o‘tgan sari
xotiramizning ancha pasayib ketishiga sabab bo‘ladi. Natijada biz yangiliklarni miyamizga sig‘dira olmay qolamiz. Bu
hardamxayollikni keltirib chiqaradi. Zararni kamaytirish uchun ko‘p quvvatli taomlardan tiyilish kerak″.
Olimlar shakarning diabet, semirish va jigarning yog‘lanishi kabi dardlar keltirib chiqarishini allaqachon isbotlashgan. Lekin Kaliforniya universiteti olimlari shakarning miya faoliyatiga salbiy ta'siri
borligini birinchilardan bo‘lib tatbiq etishdi. Ularning bu ixtirosi olimlar orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Biz shakar deb choyga yoki qaxvaga aralashtiradigan shakarni nazarda tutmayapmiz. Bu bolalar oziq-ovqati, fast-fudlar, gazli ichimliklar va qandolat mahsulotlari tarkibida bor shakar moddasi haqida ketayapti. Fruktoza moddasi mevalardan ko‘ra yuqorida sanab o‘tganimiz mahsulotlarda ko‘proq uchraydi.
Gomes-Pinilla o‘z ilmiy izlanishini inson miyasida emas, balki kalamushlarda ham sinab o‘rdi. Jonivorlar ikki guruhga ajratildi. Ular labirint ichiga tashlanib, undan chiqib ketishlari kuzatildi. Birinchi guruh jonivorlariga bundan oldin oddiy suv, ikkinchi guruhdagilarga esa shirin suv ichirildi. Ikkinchi guruhdagi kalamushlar bu vazifani qiyinchilik bilan uddalashdi.
Olimlarning aytishicha, agar faoliyatingiz aqliy mehnat bilan bog‘liq bo‘lsa, unda shirinliklardan mutlaqo voz keching. Ularning o‘rniga mevalar va sabzavotlar iste'mol qiling. Istehzo o‘rnida qora shokolad tanovul qilish mumkin. Chunki unda shakar moddasi ko‘p emas. Ovqatlanish tizimiga grek yong‘og‘i, losos balig‘i kabi oziqlarni qo‘shish mumkin. Va yana, Gomesning fikricha shirinliklarning sotilishi alkogol va tamaki mahsulotlari sotuvidan kam emas ekan.