Terini tez qarishga olib keluvchi mahsulotlar
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Toifa: Go'zallik va salomatlik
- 2015-10-15 10:18:36
- 0
- 0
- 8372
Sezganmisiz, dabdabali bazm yoki ziyofatdan keyin teringiz qandaydir quruqshagan, g'ijimlangandek ko'rinadi. Buning ajablanarli joyi yo'q, chunki biz iste'mol qilayotgan narsalar bevosita teri holatiga ta'sir ko'rsatadi. Shunday mahsulotlar borki, ularni muntazam ravishda iste'mol qilish terining qarish jarayonini tezlashtiradi.
1. Shirinliklar
Organizmda qand miqdorining ko'payishi “glikatsiyaning yakuniy mahsulotlari” (GYAM)ni keltirib chiqaradi, ya'ni “ortiqcha” molekulalar oqsil molekulalari bilan birlashadi. Oqibatda GYAM terining yosh va tarang bo'lishi uchun javob beruvchi oqsillarni parchalaydi. Shuning uchun shirinlikni ortiqcha yeb bo'lmaydi.
2. Alkogol
Sog'lom jigar sog'lom teri degani. “Agar jigar faoliyati joyida bo'lsa, terini zararlovchi toksinlar organizmdan tabiiy yo'l bilan chiqib ketadi”, – deydi Amerika dermatologiya akademiyasi a'zosi, doktor Ariel Ostad. “Lekin ular jigarda to'planib qolsa va parchalanmasa, terida noxush o'zgarishlar paydo bo'ladi, yuz sarg'ayib, ajin bosadi”, – deydi doktor. Alkogol suvsizlanish va uyqusizlikka sabab bo'ladi. Uyqusizlik esa terini dag'allashtiradi.
3. Oq vino
Bu ichkilik tish emaliga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Oq vino tarkibidagi kislota emalni parchalaydi va dog'lar paydo bo'lishiga olib keladi.
4. Tuz
Ovqat tayyorlayotganda tuz ishlatmasangiz, bu tuzning taom tarkibida butunlay bo'lmasligini anglatmaydi. Tuz hech kim kutmagan joyda ham bo'lishi mumkin (masalan, issiq shokoladda, tvorogda, makkajo'xori qalamchalarida). Tuz konservalangan mahsulotlar tarkibida ham bo'ladi. U organizmdagi suvni tutib turadi va odamni “shishib ketgandek” qilib ko'rsatadi.
5. Lahm go'sht
Go'sht erkin radikallar ishlab chiqarilishi kuchaytiradi. Ularning ta'siri quyidagicha: erkin radikallar sog'lom hujayralarning elektronlarini parchalab, ularga ziyon yetkazadi.
“Erkin radikallarga qarshi kurashish uchun tarkibida S vitamini ko'p mahsulotlarni iste'mol qiling”, – deydi doktor Ostad.
6. Energetik ichimliklar
Energetik ichimliklar kishiga tetiklik va kuch bag'ishlaydi, lekin tish emali uchun o'ta zararli. Ularning tarkibida kislotali moddalar ko'p miqdorda bo'ladi.
7. Trans-yog'lar
Sun'iy yog'lar teri shamollashiga olib keladi. Bundan tashqari, ularning ta'sirida terining ultrabinafsha nurlarga nisbatan sezuvchanligi ortadi. Ultrabinafsha nurlar esa terini tez qaritadi. Trans-yog'lar fast-fud, yarim tayyor mahsulotlar tarkibida bo'ladi.