Baliq sho'rva

  • 2015-09-18 12:00:54
  • 0
  • 0
  • 14361

Masalliqlar

  • kartoshka - 500 gr
  • sabzi - 2 dona
  • piyoz - 4 dona
  • marakuyya - 2 osh qoshiq
  • tuz - 1 ta'bga ko'ra
  • ko'kat - 2 bog‘
  • achchiq qalampir - 1 ta'bga ko'ra
  • dafna yaprog'i - 2 dona
  • baliq - 1.5 kg

Tayyorlash usuli

Yangi tutilgan sazan, karp kabi daryo baliqlaridan olib tozalab suvuq suvda yuvib yuborilgach maydalarini butun qoldirib yiriklarini bo'laklarga portsiya shaklida bo'lib chiqasiz. Mayda baliqni (ovqatga solinadigan baliqning teng yarimi) qozonga solib quruq o'zini suvga qaynatasiz, pishgach sho'rvani suzib baliqni tashlab yuborasiz, sho'rvaga esa qolgan baliqni tozalangan butun kartoshka, piyoz, sabzi, ukro'p, lavr yaprog'i, tuyilmagan murch, tuz bilan solib mildiratib qaynatasiz. Vaqti-vaqti bilan hosil bo'lgan ko'pikni olib turasiz. SHo'rva baliq yumshaganda pishadi, ko'pik olish prossesida yog'sizlanib qolsa sho'rvani dasturxonga tortish oldidan ozgina saryog' qo'shib yuborasiz. http://uz.taomlar.uz/taomlar/suyuq-taomlar/30-baliq-shorva.html