Shokoladli pirog

  • 2015-09-18 12:02:07
  • 0
  • 0
  • 8565

Masalliqlar

  • un - 3 osh qoshiq
  • shakar - 100 gr
  • tuxum - 2 dona
  • kakao kukuni - 3 osh qoshiq
  • кraxmal - 5 osh qoshiq
  • vanilin - 60 gr
  • tvorog - 200 gr
  • achchiq shokolad - 50 gr
  • kоkos qirindisi - 50 gr

Tayyorlash usuli

Tvorogni chuqurroq idishga solib ustiga shakar, kraxmal, kokos va tuxum sarig'ini solib bir xil massa hosil bo'lguncha aralashtiramiz. Tayyor aralashmadan bir xil hajmdagi dumaloqchalarni yasab chiqamiz. Tuxum sarig'ini oqidan ajratamiz va sarig'ini shakar vanilin bilan yaxshilab aralashtiramiz. Ustiga eritilgan shokoladni qo'shib yana aralashtiramiz. Unni elab olamiz. Ustiga kraxmal, razrixlitel va kakaoni qo'shib aralashtiramiz. Endi ikkala aralashmani birlashtiramiz va yana yaxshilab aralashtiramiz. Tuxumni oqini 30 gr shakar bilan ko'pirtirib olamiz. So'ng uni shokoladli aralashmaga ehtiyotlik bilan qo'shib pastdan tepaga qilib aralashtiramiz. Qolipga pergament qog'ozidan qo'yib tvorogli shariklarni terib chiqamiz. Ustidan ehtiyotlik bilan shokoladli aralashmani quyamiz. Duxovkada 180 C° darajada 45-50 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pirog pishgach bezak sifatida ustidan glazur quyamiz.

Teglar: pirog shokolad