Tayyorlash usuli
Kartoshkali xamir tayyorlaymiz: qirg'ichdan chiqarilgan kartoshkaga un, tuxum, tuz murch va smetana solib yaxshilab aralashtiriladi keyin tovada qizib turgan ozgina yog'ga solib ingichka qilib ikki tarafini qizartirib pishirib olamiz. Xuddi lavashdek.
Endi farsh tayyorlaymiz:
Farsh+piyoz+ziravorlar aralashtirilib yuqoridagi kartoshkali lavash o'rtasiga qo'yiladi va rulet shaklida o'rab falga qog'ozi solingan gaz pechi listiga teriladi. Endi ruletlar ustidan smetana surib qirg'ichdan chiqarilgan pishloq sepiladiva usti yana yaxshilab falga bilan yopilib 180 daraja issiqlikdagi gaz pechiga 20 daqiqaga qo'yiladi. So'ng ustidagi falga qog'oz olinib gaz pechiga issiqligi 200 darajaga chiqariladi va yana 10 yoki 15 daqiqa pishirib olinadi.
Dasturxonga tortishdan avval pamidor, chesnok va ko‘katlardan sous tayyorlab bezab dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha!