Shirin yutangza

  • 2015-09-21 16:46:24
  • 0
  • 0
  • 6258

Masalliqlar

  • un - 1 kg
  • shakar - 50 gr
  • sariyog' - 50 gr
  • suv - 2 stakan
  • tuz - 1 choy qoshiq
  • smetana - 200 gr

Tayyorlash usuli

Xamirturush bilan xamir qoriladi. Ko'tarilgan xamirga shakar yoki qand upasi qo'shib, zarur bo'lsa un ham qo'shib rosa mushtlanadi. shakar xamirga rosa singib hamma yog'iga tarqaganda teng ikkiga bo'lib ikki zuvala qilinadi va yoyiladi. Bitta yoymadan yirikroq (eni 1 sm keladigan) ugra kesiladi, ikkinchi yoymadan esa (15x15 sm keladigan jildlar kesiladi). Ugrani qaymoq bilan qorishtirib har bir jildga keragicha solinib to'rt burchakli mantiga o'xshatib tugiladi. Mana shu maxsulotni lappagi yog'lagan qasqonga qo'yib 20-25 daqiqa davomida pishirasiz. Dasturxonga tortishda yuziga sariyog' yoki maskayog' surib keltiriladi.