Qatlama

  • 2015-09-22 12:07:48
  • 0
  • 0
  • 12512

Masalliqlar

  • un - 3-4 stakan
  • suv - 400 ml
  • tuz - 2 choy qoshiq
  • qo'y yog'i - 400 gr

Tayyorlash usuli

Oddiy xamirdan yupqa yoyib, yogʻda pishiriladigan taom. Boshqa shu kabi pishiriklardan qatlamligi bilan ajralib turadi. Q tayyorlash uchun suv va tuz qoʻshib oddiy xamir qoriladi, kattaroq zuvalalar uzib, oʻrab, 10—12 minut tindirib qoʻyiladi. Soʻngra har bir zuvala oʻqlogʻi bilan yupqa (1—2 mm) qilib yoyiladi va yoymaga qaymoq yoki sariyogʻ, maska yogʻi, eritilgan qoʻy yogʻidan surtilib, ruletsimon oʻraladi, undan 5—6 sm li boʻlaklar kesiladi. Boʻlaklar joʻvada alohidaalohida 0,5—1 sm qalinlikda yoyiladi, qizdirilgan qozonda yoki tovada atrofiga yogʻ surtib, avval bir tomoni, soʻngra ikkinchi tomoni qizartirib pishiriladi. Baʼzan pishtan Q.ning yuziga taʼbga koʻra shakar yoki qand upasi sepiladi.


Teglar: non yog'li