Okroshka

  • 2015-09-22 15:23:38
  • 2
  • 0
  • 14811

Masalliqlar

  • qo'y go'shti - 300 gr
  • kartoshka - 2 dona
  • bodring - 4 dona
  • tuxum - 4 dona
  • suv - 0.5 litr
  • ko'kat - 1 bog‘
  • qatiq - 1 litr
  • rediska - 1 bog‘

Tayyorlash usuli

Hammamizga ma'lum va mashhur okroshka. Masalliqlari juda oddiy va tayyorlanishi nihoyatda oson. To‘g‘ralgan masalliqlarga kefir yoki kvas qo‘shib sovutiladi. Agar yax solinsa bu mazali va muzdek taomni bir necha daqiqada dasturxonga tortishingiz mumkin. Okroshka tayyorlashning bir necha hil usullari bo‘lib, biz sizga eng oddiysini taqdim qilamiz. Xamma masalliqlarni mayda to‘g‘rab olamiz. Kefir, suv, chesnok, tuz va murchlarni aralashtirib turib to‘g‘ralgan masalliqlar bilan aralashtiramiz. Tez sovitish uchun idishga yax xam solish mumkin. Qo‘shimcha: Kefir, suv, tuz, murchli aralashmani oldindan tayyorlab sovitgichga qo‘yib qo‘ysa xam bo‘ladi. Yoki okroshkani butunlay tayyorlab olib sovutgichda saqlashingiz va issiqda ko‘chadan kelganda mazza qilib tanavvul qilishingiz mumkin.