Tayyorlash usuli
Bu nihoyatta mazzali va to‘yimli sho‘rvani jo‘xori yoki uning korservasidan tayyorlasa bo‘ladi. Boshqa masalliqlardan piyoz, un va sut kerak. Sho‘rvani ta'mini yanada boyitish uchun tarkibiga murch va sariyog‘ qo‘shiladi. Bu sho‘rvani tayyorlash uchun sizga blender yoki oshxona kombayni kerak bo‘ladi.
Piyozni o‘rta olovda o‘simlik yog‘ida yengil qovurib olinadi. Piyoz qizarib ketmasligi kerak.
Qovurilgan piyozga un qo‘shib...
bir daqiqa davomida yaxshilab aralashtiriladi.
Ustidan jo‘xori qo‘shib kavlab turib, biroz qovurib olamiz.
Sutni 1/3 qismini qo‘shib yaxshilab aralashtirib olinadi.
Qolgan sutni ham qo‘shib 20 daqiqa davomida past olovda tez tez kavlab turib qaynatiladi.
Qo‘shimcha: agar jo‘xori konservalangan bo‘lsa yuqoridagi 20 daqiqa o‘rniga 10 daqiqada tayyor bo‘ladi.
Tayyor bo‘lgan sho‘rvani blenderdan o‘tkazib olamiz.
Blenderdan o‘tkazilgan sho‘rvani mayda teshikli elakdan o‘tkazamiz.
Tayyor sho‘rvani olovga qo‘yamiz, qaynab chiqqach sariyog‘, tuz va murchlarni qo‘shib aralashtiramiz va olovni o‘chiramiz.