Tuxumli ismaloq

  • 2015-09-22 16:13:20
  • 0
  • 0
  • 7718

Masalliqlar

  • piyoz - 1 dona
  • kungaboqar yog'i - 5 osh qoshiq
  • tuxum - 3 dona
  • tuz - 1 ta'bga ko'ra
  • tuyilgan qora murch - 1 ta'bga ko'ra
  • ismaloq - 0.5 kg

Tayyorlash usuli

Dunyoda turk halqichalik ismaloq yeydigan halq bo’lmasa kerak. Men ham Turkiyaga kelib ismaloq yeyishni boshladim, Toshkentda 21 yoshimda ismaloq yeganimni eslayman, undan oldin uyimizga hech kirmagan ekan. Ismaloqni kitoblarda ko’p o’qigandimku lekin nimagadir hech pishirmagan ekanmiz. Ismaloqli somsadan boshqa taom bilmas edim. Turkiyada esa, ismaloqni somsasini ham, ovqatini ham, salatini ham qilishadi. Tuxumli ismaloq ham eng ko’p pishiriladigan taom turlaridan biri. Pishirilishi juda onson, ham foydali ham to’yimli. Foydali tarafi ismaloqda ko’p miqdorda temir moddasi bor. Ismaloqlarni yaxshilab yuvamiz. 2-3ga bo’lib to’graymiz. Qaynab turgan suvga solib yumshaguncha qaynatamiz. Suvni to’kib tashlab, ismaloqlarni sovutib, qo’lda suvini siqib tashlaymiz. Piyozni mayda to’g'rab, yog’da qovuramiz ketidan ismaloqlarni solib qovuramiz. Tuz va murch solib suvi quriguncha qovuramiz. Ketidan tuxum solib (butun yoki aralashtirilgan) ozgina aralashtirib qopqoq bilan yopib qo’yamiz. Tuhum pishgan bo’lsa ismaloq tayyor degani.

Teglar: yengil ovqat