Tayyorlash usuli
Krem sho‘rvalar juda xam mayin va yengil taom bo‘lib, sog‘lom ovqatlanuvchi va qaddi qomatiga e'tibor qilib yuradigan ayollar uchun ayni muddao. Tadqiqotlarga ko‘ra oddiy ovqatdan ko‘ra shunday pyure sho‘rvalar tez hazm bo‘lib ketmay odamni uzoq vaqt to‘q tutadi.
Piyozni mayda to‘g‘rab sariyog‘ yoki o‘simlik yog‘ida qovurib olamiz.
Idishga suv solib tozalangan va parrak qilib to‘g‘ralgan kartoshkani solib 5 minut qaynatamiz.
Karamlarni gul bo‘lakchalariga bo‘lib (yaxshilab yuvib) kartoshkaga qo‘shamiz. Sutni xam solib 7-10 daqiqa qaynatamiz.
Piyoz, pishgan sabzavotlarni suvi bilan blendrda pyure holatiga keltiramiz.
Idishiga qaytarib solib qaymoq, tuz, murch qo‘shib, qaynab chiqqach olovni o‘chiramiz.
Qo‘shimcha:
Masalliqlarni va hajmini tabingizga ko‘ra o‘zgartirishingiz mumkun.
Hohlasangiz sabzavotlarni faqat sutda qaynatishingiz yoki ko‘proq qaymoq qo‘shishingiz ham mumkun.