Tvorogli pechen’ye

  • 2015-09-23 09:34:48
  • 0
  • 0
  • 6506

Masalliqlar

  • un - 25 stakan
  • shakar - 1 stakan
  • sariyog' - 100 gr
  • tuxum - 1 dona
  • soda - 1 choy qoshiq
  • limon sharbati - 1 choy qoshiq
  • tvorog - 200 gr

Tayyorlash usuli

Tvorogni vilka yordamida yaxshilab ezing. Ketidan yarim stakan shakar qo’shib aralashtiring, keyin 1 ta tuhum solib aralashtiring, ketidan sariyog’ni qirg’ichdan o’tkazib soling, yoki sariyog’ni hona issiqlida yumshatib solib aralashtiring. Un solib, ketidan limon suvi bilan o’ldirilgan soda qo’shing. Qattiqqina xamir hosil bo’ladi. Ustini o’rab, holodilnikka 1 soatga qo’ying. Xamirni olib 2-3 mm qalinlikda yoying, og’zi kengroq stakan bilan doiralar kesing, doiralarni olib bitta tarafini shakarga botiring, ikkiga tahlab yana bir tarafini shakarga botiring, yana tahlab (uСhburchak hosil bo’ladi) yana bir tarafini shakarga botiring, shakarli tarafi ust tarafida qoladigan qilib podnosga terib chiqing. 170 darajаda oldindan isitilgan duxovkada 30-35 minut davomida pishiring.

Teglar: tvorog