Bananli rulet

  • 2015-09-23 09:59:39
  • 0
  • 0
  • 16720

Masalliqlar

  • banan - 1 dona
  • un - 0.5 stakan
  • shakar - 0.5 stakan
  • tuxum - 3 dona
  • tuz - 0.5 choy qoshiq
  • smetana - 150 gr
  • vanilin - 1 choy qoshiq
  • kоkos qirindisi - 2 osh qoshiq

Tayyorlash usuli

Bu ruletni tayyorlash juda onson va ko’p vaqt talab qilmaydi, faqatgina o’rash texnikasiga rioya qilish kifoya. Rulet o’raganda yorilib qolmasligi uchun issiqligida sochiqqa o’rab qo’yish kerak, shunda krem bilan o’raganda yorilib ketmaydi.Bu ruletni faqatgina bananli emas boshqa mevalar bilan ham tayyorlasangiz bo’ladi. Oldin tuhum oqini shakar va vanilin bilan birga ko’pirtirib, keyin sarig’ini birin-ketin solib ko’pirtiramiz. Un bilan razrihlitelni aralashtirib, tuhumga qo’shib asta sekinlik bilan qoshiqda aralashtiramiz. Duxovka listiga pergament qog’oz solib tayyor aralashmani solamiz va qoshiqda tekkislab chiqamiz. Oldindan isitilgan duxovkada 180-200C darajada, 7-10 minut davomida pishirib olamiz. Duxovkadan xamirni olib, tepa tarafini sochiqqa keladigan qilib qo’yamiz va xamir sovub qolmasdan asta sekinlik bilan pergament qog’ozni chiqaramiz va xamirni tezda sochiqqa o’rab qo’yamiz. Krem uchun slivkini mikser yordamida shakar bilan ko’pirtiramiz.Slivki ko’pirtirayotganda ehtiyot bo’lish kerak, ko’p ko’pirtirb yuborilsa suvi chiqib ketadi. O’ralgan xamirni ochib, orasiga krem surib, banan qo’yib o’rab qo’yamiz. Ustiga ham krem surib kokos kukuni bilan bezaymiz. Tortni holonilnikka 3-4 soatga qo’yib, keyin kesib tortsangiz bo’ladi.

Teglar: yangi