Qirg‘ichdan chiqarilgan rezavorli pirog

  • 2015-09-25 12:28:10
  • 0
  • 0
  • 11835

Masalliqlar

  • kungaboqar yog'i - 50 ml
  • malina - 250 gr
  • un - 400 gr
  • sariyog' - 250 gr
  • tuxum - 5 dona
  • кraxmal - 30 gr
  • vanilin - 10 gr
  • shakar upasi - 100 gr

Tayyorlash usuli

Avvalo, barcha masalliqlar tayyorlab olinadi.

• Un qavartma bilan aralashtirilib, kubik shaklida kesib olingan sariyog‘ bilan kombaynda uvalanadi. Bu ishni qo‘lda bajarish ham mumkin.

Shakar upasi qo‘shilib, yana uvalanadi.

• Tuxum sarig‘i qo‘shiladi.

• So‘ngra juda tez harakatlar bilan xamir qoriladi.

• Qo‘lda yumshoq zuvala hosil qilinadi.

• Xamir 2/3 va 1/3 bo‘lakka bo‘linadi.

• Katta zuvalacha 25/25 santimetrlik qolipga tekis qatlamda yoyiladi va sellofanga o‘ralgan qolgan ikki zavala xamir bilan 30 daqiqaga sovutgichga qo‘yiladi.

• Endi qolipga yoyilgan xamir 180 darajagacha qizdirilgan gaz pechiga solinib, 15-20 daqiqa davomida pishiriladi. Xamir yengil tillo rangga kirishi lozim. Pishgan korj sovutiladi.

• Endi merenga pishirishga o‘tamiz.

Tuxum oqi ko‘pirtiriladi, asta-sekinlik bilan shakar upasi hamda vanil shakari qo‘shilgancha 7-12 daqiqa davomida ko‘pirtirishda davom ettiriladi. Tuxum oqini ko‘pirtirar ekansiz, merenga tayyorlayotgan idishingiz va ko‘pirtirgichingiz quruq bo‘lishi kerakligini inobatga oling.

• So‘ngra astalik bilan kraxmal seping va ozgina ko‘pirtirib yuboring. Eng oxirida ingichka oqimda o‘simlik moyini qo‘shing va obdon ko‘pirtirib yuboring.

• Sovigan korj ustiga merengani tekis qatlamda surting. To‘g‘ri tayyorlangan merenga, juda quyuq va silliq ko‘rinishda bo‘lishi lozim.


• Merenga tekis yotqizilgach, ustiga birma-bir malina bo‘laklari taxlab chiqiladi. Agar malina muzlatilgan bo‘lsa, eritishga hojat yo‘q. Istakka ko‘ra boshqa rezavorlardan foydalanishingiz ham mumkin.
Har bir meva merenga ichiga bosib chiqiladi.

• Muzlatgichdan xamir zavalasi olinib, ustidan qirg‘ichda chiqariladi.

• Pishiriq 180 darajagacha qizdirilgan gaz pechida taxminan 30-40 daqiqa davomida pishiriladi. Tayyor pirog yengil tillo rangda bo‘lishi lozim. Pishiriqni bezatishdan avval sovutishni unutmang.

• Pirog ustiga shakar upasi sepib bezatish maqsadga muvofiq.