Ko‘mir-ko‘mir tvorogli tort

  • 2015-09-25 14:50:29
  • 0
  • 0
  • 11270

Masalliqlar

  • un - 400 gr
  • shakar - 350 gr
  • sariyog' - 250 gr
  • tuxum - 4 dona
  • tvorog - 500 gr
  • smetana - 100 gr
  • kakao kukuni - 4 osh qoshiq
  • кraxmal - 3 osh qoshiq
  • vanil shakari - 20 gr

Tayyorlash usuli

1-qadam



Avvalo, kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz


2-qadam
Xona haroratida eritilgan sariyog‘ hamda 150 gramm shakar aralashtirib olinadi.


3-qadam
Ketidan un hamda kakao qo‘shiladi.


4-qadam
Barcha masalliqlar uvalanadi.


5-qadam
Tvorogli aralashmani tayyorlash uchun blender yordamida kichik tezlikda tvorog, 200 gramm shakar, tuxum hamda smetana qorishtirib olinadi.


6-qadam
Ushbu aralashmaga vanil shakari hamda kraxmal qo‘shiladi. Obdon aralashtiriladi.

7-qadam
Diametri 23 santimetrlik qolipga pergament qog‘ozi yoyilib, shokoladlik uvoqning yarimitekis qilib yotqiziladi.

8-qadam
Ustidan tvorogli aralashma quyiladi.


9-qadam
Uning ustidan yana yana shokoladli uvoq sepiladi.


10-qadam
Pishiriq 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 40-45 daqiqa davomida pishiriladi. Dasturxonga tortishdan avval sovutiladi.