SHokoladli mazurka

  • 2015-09-29 11:39:40
  • 0
  • 0
  • 7589

Masalliqlar

  • un - 2 stakan
  • shakar - 1.5 stakan
  • sariyog' - 200 gr
  • tuxum - 7 dona
  • qavartma - 1 osh qoshiq

Tayyorlash usuli

Tuxumga shakarni qo’shib mikserda bir xil massa bo’lguncha ko’pirtiriladi. Saryog’ qo’shilib yana ko’pirtirishda davom etiladi. Barcha masalliqlar bir xil massa holiga kelganidan so’ng, un va razrexlitelni solinib qoshiqda aralashtiriladi. Yog’langan listga massa bir tekkislikda quyilib, qizigan duxovkada (180C/350 F) 30-35 daqiqa pishiriladi. Mazurka pishgunga qadar glazur tayyorlanadi. Pishib chiqqan Mazurka ozgina so’vutilib artoflari pichoq bilan listdan ko’chiriladi va ustiga shokolad glazuri quyiladi. Glazur ustidan maydalangan kakos va saharniy pudra sepiladi. Mazurkani istalgan shaklda yoki qirralik to’rtburchak shaklida kesiladi.