Choyli pirog

  • 2015-09-29 14:54:58
  • 0
  • 0
  • 14957

Masalliqlar

  • kungaboqar yog'i - 200 gr
  • un - 400 gr
  • shakar - 400 gr
  • tuxum - 4 dona
  • choy (ko'k) - 1 stakan
  • kakao kukuni - 4 osh qoshiq
  • qavartma - 1 osh qoshiq

Tayyorlash usuli

Choyli pirog juda oson va mazali. Boshqa pishiriqlardan farqli bu pirogga choy ham qo’shiladi. Duxovkani o’rta olovda yoqiladi. Unga razrixlitelni solib aralashtiriladi va idishga barcha masalliqlar ketma-ketlikda solinadi. Hamma masalliqlarni yaxshilab aralashtirib quyuq massa hosil qilinadi. Pirog pishirmoqchi bo’lgan qolipga saryog’ yoki margarin surtiladi va pirog massasini quyib qizib turgan duxovkaga 45-50 daqiqa yoki cho’p tiqilganda yopishmaydigan holatga kelguncha pishiriladi. Pirog pishgandan so’ng so’vutiladi. Sovutilgan pirog ustidan eritilgan shokolad quyiladi va yog’oq sepiladi.