Shirqovoq
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 40 daq
- Toifa: Suyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 785 ккал
- 2015-09-30 12:29:36
- 0
- 0
- 8132
Masalliqlar
- sariyog' - 100 gr
- guruch - 1 stakan
- tuz - 1 ta'bga ko'ra
- qovoq - 200 gr
- sut - 1 litr
Tayyorlash usuli
Qovoqni o'rtacha kattalikda kubik qilib to'grab olamiz. Qozonga avval guruch, ustidan qovoqni solib, qovoqni ko'madigan darajada suv solamiz. Qozonimizni past olovda qaynashga qo'yamiz. Ora-orada sal-sal aralshtirib turamiz.
Suv qaynab, guruch pishib, biroz yoyilishni boshlaydi. Guruch qozon tagiga yopishishni boshlaganida qozonga sut quyamiz va olovni o'rta balandlikka ko'tarib, qaynatamiz. St biroz qaynab turgach, shakar solib, mazasi aralashishini kutamiz, va olovni o'chiramiz. Shirqovoq tayyor.