Behi do‘lma
- Muallif: Malika
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Quyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 3112.65 ккал
- 2015-09-30 13:04:52
- 0
- 0
- 6119
Masalliqlar
- piyoz - 1-2 dona
- pomidor - 0,5 dona
- sarimsoqpiyoz - 1 dona
- tuz - 2 bir chimdim
- zira - 1 bir chimdim
- ko'kat - 1 bog‘
- turshak - 10-12 dona
- qizil bulg'or qalampir - 0,5 dona
- behi - 3-4 dona
Tayyorlash usuli
Ushbu taom asosan kuz va qish mavsumlarida tayyorlanadi. Balki bu taomni diyorimizni barcha viloyatlarida uchratmaslik mumkin. Lekin aminmanki bu safidagi retseptdan so‘ng har bir yurtdoshimiz ushbu mazali taomdan bahramand bo‘la oladilar.
Bu taom dasturxonimiz bezagi bo‘libgina qolmasdan, darmondorilarga boy tansiq taomlardan hisoblanadi.
Sabzavotlar mayda kubik shaklida to‘g‘raladi, qiyma (charvi yog‘i yoki sariyog‘ni to‘g‘rab), oshko‘kat va tuz, ziravorlarni qo‘shib, qorishtiriladi. So‘ngra behini ikkiga bo‘lib, ichi o‘yib tozalanadi va ichi qiyma bilan to‘ldiriladi.
Odatda do‘lmalarni qozonga terishdan oldin ostiga sabzavotlar terish kuzatiladi, bu narsa avvalo do‘lmani beozor pishishini ta'minlasa, ikkinchidan do‘lmaga ajoyib bir garnir bo‘ladi. Biz ham odatga xilof qilmay behi do‘lma ostiga qo‘limizga ilingan sabzavotlarni ostiga terdik. Sabzavotlarga ozroq o‘simlik yog‘i, tuz va ziravorlar qo‘shib aralashtirib yuborsa, taomning yanada mazali chiqishiga sabab bo‘ladi.
Qozonga avval sabzavotlar terilib ustiga do‘lmalar qo‘yib chiqiladi (Biz odatdagidan farqli o‘laroq qozon o‘rniga sopol idishdan foydalandik).
So‘ngra taxminan bir piyola suv quyib ustini yopib 40-50 daqiqa mobaynida past olovda dimlab pishiriladi.
Taom pishgandan so‘ng ta'bga ko‘ra bezatib dasturxonga tortiq qilish mumkin.
YOQIMLI ISHTAHA!