Chaxan

  • 2015-10-02 12:13:56
  • 0
  • 0
  • 6508

Masalliqlar

  • sabzi - 2 dona
  • piyoz - 1 dona
  • guruch - 2 stakan
  • tuxum - 3 dona
  • baliq - 400 gr

Tayyorlash usuli

Retseptda ko‘rsatilgan sabzavotlardan tashqari boshqa sabzavotlarni qo‘shishingiz mumkin, masalan qo‘ziqorin, sparja, rangli balgari, noxot, jo‘hori. Guruchni suvda qaynatib pishirib olinadi. Qozonga yog‘ solib piyozni yengil qovurib olinadi. Piyozga mayda kubik shaklida to‘g‘ralgan sabzi va baliqni qo‘shib bir ikki marta aylantirib olinadi. Ketidan darrov tuxum solib aralashtiladi. Tuxum pishishni boshlaganda unga pishgan guruchni qo‘shib, hamma masalliqlarni yaxshilab aralashtirib olgandan so‘ng olov o‘chiriladi. Guruchni pishirib olganingizdan keyin qolgan masalliqlarni qovurib olish uchun tahminan 5 - 10 daqiqa vaqt ketadi. Yoqimli ishtaha! http://muslima.uz/node/4360