Ko'k somsa

  • 2015-09-14 17:17:26
  • 0
  • 0
  • 13277

Masalliqlar

  • piyoz - 3 dona
  • sarimsoqpiyoz - 250 gr
  • un - 500 gr
  • suv - 1 stakan
  • tuz - 10 gr
  • tuyilgan qora murch - 10 gr
  • xamirturush - 25 gr
  • ko'k piyoz - 500 gr
  • shovul - 500 gr
  • yalpiz - 500 gr
  • jag'-jag' - 500 gr
  • machin - 500 gr
  • sho'ra - 500 gr
  • yo'ng'ichqa - 500 gr

Tayyorlash usuli

Xamir tayyorlanishi:

Xamirturushli xamir qorasiz, buning uchun iliq suvga xamirturushni solib, tuz bilan birga eritib olasiz. Keyin qism-qismlab un solib xamir qorasiz va oshirish uchun o‘rab olib qo‘yasiz. Oshirilgan xamirdan yong‘oqdey zuvalachalar yasab, urpoqqa belab, jo‘va bilan qalinligi 2 mm qilib yoyasiz.

Qiyma tayyorlanishi:

Qiymasi bahorda ilk ko‘karib chiqqan otquloq, jag‘ jag‘, yalpiz, yo‘ng‘ichqa, machin, sho‘ra, chumchuqko‘z kabi dorivor giyohlardan tayyorlanadi.

Ko‘katlarni saralab 4-5 marta yuvib, sirqigach mayda qirqasiz yoki chopasiz. Bunga bosh piyoz, ko‘k piyoz, sarimsoq ko‘ki, jizza yoki qo‘y yog‘i, tuz va murch qo‘shasiz.

Tayyor qilib qo‘yilgan har bir jildga bir osh qoshig‘ida ko‘k qiymadan solib, somsalar tugasiz va tandirga yopib pishirasiz.