Asalli pechenye

  • Muallif: Malika
  • Tayyorlash vaqti: 25 daq
  • Toifa: Pishiriq
  • Taomning kaloriyaliligi: 1904.4 ккал
  • 2015-10-02 17:28:03
  • 0
  • 0
  • 13173

Masalliqlar

  • un - 200 gr
  • shakar - 0.5 stakan
  • tuxum - 2 dona
  • asal - 2 osh qoshiq
  • soda - 0,5 choy qoshiq
  • margarin - 100 gr

Tayyorlash usuli

Bugungi kunda oziq-ovqat do‘konlaridan o‘zingiz istagan turdagi pechenyeni topish muammo emas. Bunday imkoniyat uyda pishiriq tayyorlash uchun hojat ham qoldirmasligi mumkin. Biroq masalliqlar sifatiga ishonchingiz komil bo‘lishi, shuningdek, farzandlaringiz sizni “mohir pazanda” deb bilishi uchun vaqti-vaqti bilan uyda pechenye pishirib turish zarar qilmaydi. Bu jarayonga bolalaringizning o‘zlarini ham jalb etishingiz mumkin.

2 osh qoshiq asalni idishga solib, gaz plitasida eritamiz. U erib, qaynay boshlaganida 0,5 choy qoshiq osh sodasini solib, aralashtiramiz. Shunda asal ko‘pirib ketishi kerak. So‘ng uni darhol olovdan olamiz.

2

Xona haroratida erigan 100 g margarinni 2 ta tuxum va 0,5 stakan shakar bilan yaxshilab aralashtiramiz. Ustiga sovigan asalni ham solib, yana aralashtiramiz.

3

Aralashmaga unni asta-sekinlik bilan qo‘shamiz.

4

Qo‘lga yopishmaydigan mayin xamir qoramiz.

5

Xamir yoyiladigan yuzaga un sepib, xamirni taxminan 0,5 sm qalinlikda yoyamiz. So‘ng maxsus qolipchalar yordamida shakllar kesib olamiz.

6

Ularni listga terib chiqib, 175 darajagacha qizdirilgan duxovkada 15—20 daqiqa davomida pishiramiz.

7

Pechenyelarning usti och jigarrang tusga kirganida duxovkadan olamiz.

8

Asalli pechenye tayyor. Yoqimli ishtaha!