Polyakcha pirog

  • 2015-10-05 12:34:09
  • 0
  • 0
  • 8121

Masalliqlar

  • un - 500 gr
  • shakar - 2 stakan
  • tuxum - 6 dona
  • smetana - 250 gr
  • kakao kukuni - 2 osh qoshiq
  • qavartma - 18 gr
  • margarin - 500 gr
  • shokolad plitkasi - 150 gr
  • olcha - 2 stakan

Tayyorlash usuli

Avval masalliqlar tayyorlab olinadi. Merenga uchun mo‘ljallangan masalliqlar ajratib olinadi. Buning uchun tuxum oqi va shakar alohida ajratib olinadi. Margarin qirg‘ichdan chiqariladi, un bilan uvalanib, keyin tuxum sarig‘i qo‘shilib, qavartma hamda smetana quyilib, yumshoq xamir qoriladi. Xamir asosan, yog‘lik masalliqlar asosida tayyorlanganligi bois, yog‘i chiqadi. Shuning uchun zuvala tex yasalishi lozim. Un qo‘shishda ehtiyot bo‘ling. Xamirga imkon qadar kairoq un qo‘shili zarur.

Tayyor xamir uch bo‘lakka bo‘linadi: avval xamir o‘rtasidan teng ikkiga bo‘linadi. Birinchi zuvala (xamir yarimi) pirog asosi uchun. Ikkinchi zuvala (qolgan yarimi) yana ikkiga bo‘linadi, shunda ikkita chorak zuvala hosil bo‘lishi kerak.

Bitta chorak zuvala birinchi zuvala bilan sellofan paketga o‘ralib, sovutgichga qo‘yiladi. Ikkinchi chorak zuvala esa qo‘lda yoyilib, orasiga kakao kukuni sepilib, qorishda davom ettiriladi. Zuvala shokolad rangga kirgach, qolgan zuvalalar bilan sovutgichga qo‘yiladi. 20 daqiqadan so‘ng pirogni tayyorlash jarayoniga o‘tiladi.

Buning uchun birinchi zuvala listga yoyiladi. Qolgan chorak qismlik zuvalalardan mayda aylanachalar tayyorlab olinadi va shaxmat ketma-ketligida listga yoilgan xamir ustiga terib chiqiladi.


Ochiq joylariga olcha taxlab chiqilib, 180 darajagacha qizdirilgan gaz pechiga solinadi. 15 daqiqadan so‘ng xamir ko‘tarilishni boshlaydi. Shunda gaz pechidan pirog olinib, merenga tayyorlashga o‘tiladi. Buning uchun tuxum oqi qattiq holatga kelguncha ko‘pirtirilib, ozginadan shakar sepilgancha, ko‘pirtirishda davom ettiriladi. Tayyor merenga qolipga quyilib, pirog usti bezatiladi va 100 darajagacha qizdirilgan gaz pechiga, taxminan 40 daqiqaga qo‘yiladi. Pishgan pirog usti eritilgan shokolad quyib bezatiladi. Yoqimli ishtaha!


Teglar: duxovka mevali pirog