Arman pechenyesi “Kyata”

  • 2015-10-06 11:58:46
  • 0
  • 0
  • 10731

Masalliqlar

  • un - 5 stakan
  • shakar - 1 stakan
  • tuxum - 1 dona
  • tuz - 1 bir chimdim
  • soda - 0,5 choy qoshiq
  • smetana - 200 gr
  • margarin - 450 gr

Tayyorlash usuli

Avval, xamir tayyorlab olinadi. Buning uchun 4 stakan un, 300 gr margarin, smetana, tuxum hamda soda ajratib olinadi. Margarin qirg‘ichdan chiqarilgach, un bilan uvalanadi, ketidan soda bilan aralashtirilgan smetana quyilib, tuxum chaqiladi va yumshoq xamir qoriladi. So‘ngra 30 daqiqaga sovutgichga qo‘yiladi.

Unga qadar nachinkasi tayyorlanadi. Buning uchun 150 gr sariyog‘ bilan 1 stakan un uvalanadi, 1 stakan shakar sepilib, sepiluvchan aralashma hosil qilinadi.

Endi sovutgichdan xamir olinib, ikkita bo‘linadi. O‘qlovda yoyilib, ustidan nachinka sepib chiqiladi. Nachinka xamirga qo‘lda bosib chiqiladi. Endi xamir rulet shaklida o‘ralib, xamirning ikki uchi yopishtiriladi. So‘ngra naqshli pichoqda kesib chiqiladi.


Pechenyelar listga taxlanib, ustiga tuxum surtiladi. Istakka ko‘ra pechenyelar ustiga shakar, mak, sedana yoki nachinkadan ozgina sepish mumkin. Shirinlik 160 darajagacha qizdirilgan gaz pechida usti qizargunga qadar pishiriladi.