“Aristokrat” pirogi
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Tayyorlash vaqti: 120 daq
- Toifa: Pishiriq
- Taomning kaloriyaliligi: 7481.42 ккал
- 2015-10-07 10:31:59
- 0
- 0
- 12267
Masalliqlar
- un - 4 stakan
- shakar - 2 stakan
- tuxum - 7 dona
- tvorog - 1 kg
- smetana - 200 gr
- qavartma - 18 gr
- margarin - 250 gr
Tayyorlash usuli
1. Avval xamir uchun kerakli masalliqlar tayyorlab olinadi. Buning uchun 6 dona tuxum sarig‘i oqidan ajratib olinadi va tuxum oqining ustiga sellofan o‘ralib, sovutgichga qo‘yiladi. Keyin margarin qirg‘ichdan chiqarilib, un bilan uvalanadi. Ketidan smetana hamda 1 tuxum qo‘shilib, qavartma sepiladi va yumshoq xamir qoriladi. Xamirga shakar solinmaydi!
2. Xamir sellofanga o‘ralib, ustiga sochiq yopib qo‘yiladi. 15 daqiqa tindirilgach, listga yoyilib, 180 daqiqagacha qizdirilgan gaz pechiga 12 daqiqaga qo‘yiladi. Xamir ozgina o‘zini ushlab olishi lozim. Unga qadar tvorogli aralashma tayyorlanadi. Buning uchun tvorog, tuxum sarig‘i hamda 1 stakan shakar bir maromga kelgunga qadar aralashtiriladi. Gaz pechidan pirogni olib, tayyor tvorogli aralashma ustiga bir me'yorda quyib chiqiladi. So‘ngra yana gaz pechida solinadi.
3. Tvorogli aralashma o‘zini ushlab olishi uchun 15 daqiqa gaz pechida turishi yetarli. U vaqtga qadar merenga tayyorlanadi. Buning uchun avvaldan ajratilib, sovutgichga qo‘yilgan tuxum oqi ko‘pirtirilib, qattiq aralashma hosil qilinadi. Ketidan shakar sepilib, ko‘pirtirishda davom ettiriladi.
Gaz pechidan pirog olinib, merenga qolipda pirog ustiga siqib chiqiladi. Endi bezeni pishirib olish zarur. Gaz pechi harorati 100 darajagacha pasaytirilib, 45-50 daqiqa davomida pishiriladi.