Tvorogli "Tiramisu"

  • 2015-10-07 16:14:13
  • 1
  • 0
  • 8629

Masalliqlar

  • un - 1 stakan
  • shakar - 2.5 stakan
  • tuxum - 9 dona
  • suv - 1 stakan
  • tvorog - 300 gr
  • smetana - 3 osh qoshiq
  • kakao kukuni - 1 osh qoshiq
  • slivki - 200 gr
  • qahva - 2 choy qoshiq

Tayyorlash usuli

Nachinkasini tayyorlash uchun kerakli masalliqlar:

Tvorog -300 gr;

Smetana - 4 osh q.;

Tuxum - 4 dona;

Shakar - 1,5 st.;

Qaymoq (slivki) - 200 gr;

Tayyorlanishi:

1. Tvorogga smetana qo‘shib, blender yordamida maydalang (Aslida retsept bo‘yicha tvorog o‘rniga maskarpona pishlog‘i ishlatiladi).

2. 4 ta tuxum sarig‘ini 2 osh qoshiq shakar bilan ko‘pirtirib, tvorogli massaga qo‘shing va aralashtiring.

3. Keyin sovutilgan suyuq qaymoq yoki slivkani blenderda ko‘pirtirib, uni ham tvorogga qo‘shing.

4. Alohida idishga 4 ta tuxum oqini qolgan shakar bilan beze holatiga kelguncha ko‘pirtirgandan so‘ng, tvorogli massaga qo‘shing va uni ehtiyotkorlik bilan aralashtiring.

Biskvitini tayyorlash uchun kerakli masalliqlar:

Tuxum - 5 ta;

Un - 1 st;

Shakar - 1 st;

Qahva - 1 osh q.;

Suv - 1 st;

Tayyorlanishi.

Tiramisu tayyorlash uchun maxsus "Savoyardi" pechenyasi ishlatiladi. Agarda ushbu pecheneni topa olmasangiz unda oddiy biskvitli xamir tayyorlasangiz ham bo‘ladi.

1. Tuxumni shakar bilan ko‘pirtirib, keyin oz-ozdan un qo‘shib biskvitli xamir tayyorlang.

2. Tayyor xamirni qolipga solib, o‘rta olovda duxovkaga usti qizg‘ish tusga kirgunicha pishiring.

3. So‘ng pishgan biskvit sovugandan so‘ng, uni 2 ga bo‘lib, birinchi qismini chuqur idishga soling va ustiga oldindan damlangan achchiq, sovuq qahva suvini seping (Yoki biskvitning bir tomonini qahvali damlamaga bo‘ktirsangiz ham bo‘ladi).

4. Biskvit ustidan oldindan tayyorlangan tvorogli nachinkaning bir qismini surtib, keyin ustidan xuddi shu tarzda qahvali damlamaga botirilgan biskvitning ikkinchi qismi va yana nachinkani qo‘yasiz.

5. Oxirida Tiramisu ustiga kakao poroshogini sepib, muzlatgichga 5-6 soatga qo‘yasiz.

Belgilangan vaqt o‘tgandan keyin, Tiramisuni kesib tarelkalarda tortiq qilsangiz bo‘ladi.

(Tiramisuni portsiyalab, maxsus krimankalarda ham tayyorlasa bo‘ladi. Faqat, bunda biskvitni idish shakliga qarab bo‘lib olasiz).

Yoqimli ishtaha!!!