Azu
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 45 daq
- Toifa: Suyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 1804.55 ккал
- 2015-10-07 17:12:11
- 0
- 0
- 10437
Masalliqlar
- qo'y go'shti - 500 gr
- piyoz - 1 dona
- sarimsoqpiyoz - 1 dona
- tuz - 0.5 choy qoshiq
- tuyilgan qora murch - 0.5 choy qoshiq
- dafna yaprog'i - 1 dona
- tomat pastasi - 2-3 osh qoshiq
- tuzlangan bodring - 4 dona
Tayyorlash usuli
Go‘shtni yupqalab somoncha shaklida to‘g‘rang-da, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovuring. Piyozni halqa shaklida to‘g‘rab, uni ham go‘shtga qo‘shing.
Piyoz tilla rangga kirgach, tomat soling. Somoncha shaklida to‘g‘ralgan tuzlangan bodring, 3-4 dona maydalangan sarimsoqpiyozni ham qo‘shib, olovni pasaytirib, taomni dimlang.
Ozgina suv quyib, lavr bargi va tuz, murch soling-da, to go‘sht yaxshi pishguncha past olovda qoldiring. Azuni kartoshkali bo‘tqa bilan dasturxonga tortsangiz bo‘ladi.