«Baunti» torti

  • 2015-10-08 09:33:09
  • 0
  • 0
  • 8793

Masalliqlar

  • un - 400 gr
  • shakar - 350 gr
  • tuxum - 6 dona
  • suv - 5 osh qoshiq
  • quyultirilgan sut - 350 gr
  • kakao kukuni - 5 osh qoshiq
  • qavartma - 3 choy qoshiq
  • margarin - 1 gr
  • kоkos qirindisi - 200 gr
  • shokolad plitkasi - 200 gr
  • qaymoq - 700 ml

Tayyorlash usuli

1. 2 dona tuxum sarig‘i 150 gr shakar shakar bilan eziladi.

2. Un kakao hamda 1 choyqoshiq qavartma bilan aralashtiriladi.

3. Tuxum va shakarli aralashma bilan qorishtiriladi.

4. Suv solinib, xamir qoriladi. Ushbu xamir bir zumda qorilishi zarur.

5. Tayyor xamir ikki qismga ajratiladi va listga yoyilib, har biri 6-8 daqiqadan pishirib olinadi.

Nachinkasi uchun sovutilgan tuxum oqi ko‘pirtiriladi va 200 gr shakar oz-ozdan sepilib, merenga tayyorlanadi. Kokos qirindisi un va 1 choyqoshiq qavartma aralashtiriladi. So‘ngra ehtiyotkorlik bilan (merenga 3 qadamda kokosli aralashmaga qo‘shiladi) kokoslik aralashma bilan birlashtiriladi.

Endi krem tayyorlanadi. Buning uchun qamoq mikser yordamida ko‘pirtirib olinadi va oz-ozdan quyultirilgan sut qo‘shilib, ko‘pirtirishda davom ettiriladi. Tayyor krem muzlatgichga qo‘yiladi.

Glazurni tayyorlashning ayni vaqti! Buning uchun shokolad tovoga maydalab solinadi, mikroto‘lqinli pech yoki gaz ustida eritib olinadi va ustiga sariyog‘ solib aralashtiriladi.

Navbat tortni yig‘ishga! Avvaldan pishirib olingan kore ustiga kokosli aralashma surtiladi, ustidan ikkinchi korj yotqizilib, muzlatgichdagi qaymoqli krem surtiladi. Tayyor tort usti glazur bilan bezatiladi.