Gampan

  • 2015-10-08 14:48:01
  • 1
  • 0
  • 19995

Masalliqlar

  • mol go'shti - 300 gr
  • kartoshka - 1 dona
  • pomidor - 4 dona
  • bulg'or qalampir - 4 dona
  • sarimsoqpiyoz - 1 dona
  • guruch - 750 gr
  • selderey - 0.5 bog‘

Tayyorlash usuli

Qayla tayyorlash:

Qizigan qozonga 1 cho‘mich yog‘, so‘ng yupqa to‘g‘ralgan go‘sht, birozdan keyin piyoz solib yaxshilab qovuramiz.

Shundan so‘ng pomidor (yoki tomat) solamiz.Uni ham yaxshilab qovurib, ketidan kartoshka,so‘ng selder, 4 dona sarimsoq piyoz,kubik shaklida to‘g‘ralgan basay solamiz.Keyin bulg‘or qalampirini solib, qovuramiz.Biroz qovurib, keyin suv solamiz.O‘rta olovda yarim soatcha qaynagandan so‘ng selder bargini solamiz va olovni o‘chiramiz.

Guruchni pishirish:

Guruchni yaxshilab tozalab, yuvib, iliq suvda ivitamiz.Qozonni qizdirib 2 qoshiq yog‘ solamiz, guruchni solib ozgina aralashtirib tuz solamiz , 2 daqiqadan so‘ng, guruchni ko‘mib ikki sm cha tepalikda suv solamiz va suvi tortib ketguncha kutamiz.

Huddi osh cingari damlaymiz.

20-25 daqiqadan so‘ng tayyor bo‘ladi.Likopchaga avval guguch, keyin qaylasini suzib dasturxonga tortamiz.


Teglar: issiq taom