Shoxona taom

  • 2015-10-08 15:06:28
  • 2
  • 1
  • 11287

Masalliqlar

  • kungaboqar yog'i - 500 gr
  • sarimsoqpiyoz - 1 dona
  • un - 100 gr
  • tuxum - 5 dona
  • tuz - 0.5 choy qoshiq
  • smetana - 150 gr
  • ziravor - 1 osh qoshiq
  • tovuq boldiri - 2 dona

Tayyorlash usuli

Tovuqni yuvib, bo‘laklarga bo‘lib, nomokob suvga 1 soatga solib qo‘yiladi. Suvdan olib yaxshilab, quruqlab artiladi. Tuxum oqini sarig‘idan ajratib olib, tovuq go‘shtini birinchi ziravorga, keyin unga, keyin tuxum sarig‘iga botirib olib, yog‘da qizartiriladi. Tuxum oqini esa beze shakliga kelguncha ko‘pirtirib olinadi so‘ng tovuqni har tomoniga suriladi va yana yog‘da qoviriladi. Qozonga tovuq teriladi, ustiga 1 osh qoshiqdan smetana solinadi, chesnok to‘g‘rab solinadi, ziravorlar sepiladi, ozgina yog‘ solib, qozonni cheti bo‘ylab 1 kosa suv solinadi. Baland olovga qaynab chiqquncha qo‘yiladi. Qaynab chiqqandan keyin olov pasaytirilib, 30-35 daqiqa davomida past olovda pishiriladi. Garnirga guruch qilinadi. Yoqimli ishtaxa!


Izoh