Qo‘ziqorinli tuxum
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Tayyorlash vaqti: 40 daq
- Toifa: Salat va gazaklar
- Taomning kaloriyaliligi: 1205.8 ккал
- 2015-10-09 09:32:34
- 1
- 0
- 8071
Masalliqlar
- piyoz - 100 gr
- sariyog' - 50 gr
- tuxum - 3 dona
- tuz - 1 bir chimdim
- ziravor - 1 bir chimdim
- shampinion - 150 gr
- mayonez - 20 gr
Tayyorlash usuli
Qo‘ziqorinli tuxumni tayyorlash uchun tuxum, qo‘ziqorin, piyoz, o‘simlik yog‘i, ozgina mayonez hamda ta'bga ko‘ra tuz va ziravorlar kerak bo‘ladi.
Tuxum qattiq holatga kelgunga qadar qaynatiladi, o‘rtasidan ikkiga kesiladi. Sarig‘i ajratib qo‘yiladi.
Qo‘ziqorin va piyoz mayda to‘g‘ralib, alohida tovada 7-10 daqiqa davomida qovuriladi.
Ushbu aralashmaga tuxum sarig‘i, mayonez, tuz va ziravorlar qo‘shiladi. So‘ngra blenderda maydalanadi. Tayyor qiyma bilan tuxumlarning yarimi to‘ldirib chiqiladi.
Yoqimli ishtaha!