Buxoro chak-chaki
- 2015-09-14 18:19:37
- 0
- 0
- 21145
Masalliqlar
- un - 200 gr
- shakar - 55 gr
- sariyog' - 180 gr
- tuxum - 2 dona
- asal - 170 gr
- aroq - 1 osh qoshiq
- tuz - 0 choy qoshiq
- soda - 0 choy qoshiq
- sut - 30 ml
Tayyorlash usuli
Sizlarni oddiy, ammo juda ham shirin bo‘lgan - Buxoro chak-chaki bilan mehmon qilmoqchiman. Sizlarni uzoq kutirmasdan, birdaniga uni tayyorlash retsepti bilan tanishtiraman.
Chak-chakni tayyorlash uchun
un - 200 gr
tuxum - 2 dona
sut - 30 ml
sariyog‘ - 1 osh q.
shakar - 1 ch.q.
tuz - yarim ch.q.
aroq - 1 osh qoshiq
soda - yarim ch.q.
Asalli glazur uchun
asal - 170-180 gr
shakar kukuni - 50 gr
Qovurish uchun
Eritilgan yog‘ - 160-180 gr
Agar eritilgan yog‘ bo‘lmasa, o‘simlik yog‘ida ham qovursa ham bo‘ladi. Bunda uning mazasi o‘zgarmaydi.
Tuxum, sut, tuz, shakar, soda, aroqni aralashtiring.
Eritilgan sariyog‘, unni solib, o‘rtacha yumshoqlikda xamir qoring.
Agar qo‘lga yopishsa, yarim osh qoshiqdan un solib aralashtiring. Keyin xamirni dumaloq qilib, yarim soatga plyonka ostida tindirishga qo‘ying.
Xamirni men pasta tayyorlaydigan maxsus mashinada yoyib chiqdim. Kengligi 3-4 mm va qalinligi qariyb 3 mm keladigan lentalarni yoying. Lentalarni salgina quritib, keyin ushbu shaklga o‘xshab kesing.
Ushbu lentalarni taxminan 4-5 mm kengligida lag‘monga o‘xshab kesiladi.
Agar lag‘mon kesadigan mashina bo‘lmasa, mana bunday aparat yordamida kesiladi.
Endi lag‘monlarni qovurishni boshlaymiz. Yog‘ni idishga solib, tegishli haroratgacha qizdirib oling. Belgilangan harorat 170 S bo‘lishi kerak. Agar uyingizda termometr bo‘lmasa, bor yo‘g‘i idishga lag‘mon bo‘lagidan solib ko‘ring. Agarda xamir yog‘da pufakchalar chiqarib, ishib ketsa, bu aynan bizga kerak bo‘lgan haroratdir.
Bir hovuch lag‘monlarni olib, yog‘ga qovurishga solamiz. Xamir bir-biriga yopishib ketmasligi uchun uni vilka yordamida aralashtirib turing.
Lag‘mon qizg‘ish tusga kirganda, uni darhol yog‘dan olib, boshqa idishga oling. Yog‘ belgilangan darajada qizib turgan bo‘lishi kerak. Taxminan 30-35 soniya ichida tayyor bo‘ladi. Agarda yog‘ sovuq bo‘lsa, xamir qarsildoq bo‘lib chiqmaydi.
Demak, barcha lag‘monlar qovurildi. Ularni asal bilan aralashtirish qulay bo‘lish uchun hammasi katta idishga solamiz. Endi asalli massani tayyorlaymiz.
Asalni katta bo‘lmagan kastyurlga solamiz. Uning ichiga shakar solib, past olovga shakar erishi uchun qo‘yamiz. Massani tagi olmasligi uchun doimiy aralashtirib turamiz. Bunga 15-20 daqiqa ketadi. massa tayyorligini uni sovuq suvda tomchilab ko‘rib tekshiramiz. Tomchi sovuq suvda tomizilganda kichkina sharga aylanishi kerak.
Issiq assali glazurni qovurilgan lag‘mon ustiga bir tekisda quyib, asta sekinlik bilan aralashtiramiz.
Glazur issiqligida chak-chakni idishlarga ho‘l qo‘llar bilan solib shakl beramiz. Shundan keyin ularni sovushi uchun bir chetga qo‘ysa ham bo‘ladi.