Sarimsoqli kartoshka
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Tayyorlash vaqti: 60 daq
- Toifa: Salat va gazaklar
- Taomning kaloriyaliligi: 1487.06 ккал
- 2015-10-15 14:27:06
- 1
- 0
- 9069
Masalliqlar
- kartoshka - 800 gr
- kungaboqar yog'i - 2 osh qoshiq
- sarimsoqpiyoz - 5-6 dona
- kashnich - ta'bga ko'ra
- pishloq - 20 gr
- shivit guli - 20 gr
- eritilgan charvi - 1 osh qoshiq
Tayyorlash usuli
Yangi kartoshka yaxshilab tozalanadi va ustidan toza issiq suv quyilib, 1 dona sarimsoq va o‘simlik yog‘i qo‘shiladi. Suv qaynab chiqqach, olovdan olinadi va 10-12 daqiqa shu suvda turadi.
Ko‘katlar tayyorlanadi: ukrop barglaridan ajratiladi, qalin shoxchalari olib tashlanadi, sarimsoq ham tozalanadi.
Ko‘katlar kombayn yoki xovonchada maydalanadi.
Tayyor aralashmaga tuz qo‘shiladi, eritilgan charvi qo‘shilib, hammasi aralashtiriladi.
Avvaldan tayyorlab olingan kartoshka suvidan ajratib olinadi, sarimsoq-ko‘katdan tayyorlangan charvili aralashma surtib chiqiladi. So‘ngra issiq ko‘taruvchi idishga taxlanib, 200 haroratgacha qizdirilgan gaz pechida pishgunga qadar ushlab turiladi. Dasturxonga tortishdan avval ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq hamda to‘g‘ralgan kashnich sepiladi. qatiq, smetana yoki yogurt bunday taomga jula yaxshi qo‘shimcha bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!