"Qush uyasi" salati
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Tayyorlash vaqti: 40 daq
- Toifa: Salat va gazaklar
- Taomning kaloriyaliligi: 1457 ккал
- 2015-10-16 10:08:06
- 0
- 0
- 11235
Masalliqlar
- kartoshka - 3 dona
- kungaboqar yog'i - 1 osh qoshiq
- tuxum - 2 dona
- tuz - ta'bga ko'ra
- tuyilgan qora murch - ta'bga ko'ra
- smetana - 150 gr
- shampinion - 70 gr
- tovuq boldiri - 2 dona
- bedana tuxumi - 6 dona
- marinadlangan bodring - 40 gr
- dudlangan kurka go‘shti - 100 gr
Tayyorlash usuli
Shampinonlar o‘rtacha kattalikda to‘g‘raladi.
Tovaga 1 oshqoshiq yog‘ solib, qovurib olingach, sovutiladi.
Kartoshka juda ingichka somoncha shaklida to‘g‘raladi.
Qizdirilgan qozonda yetilganga qadar qovuriladi.
Tovuq filesi qaynatib pishirib olinadi. To‘g‘raladi, bodring va dudlangan go‘sht ham shunday shaklda to‘g‘raladi.
Kattaroq tovada qaynatib to‘g‘ralgan tuxum, qovurilgan qo‘ziqorin, tovuq, go‘sht hamda bodring aralashtiriladi. Ta'bga ko‘ra tuz, murch qo‘shib, yana aralashtiriladi.
Endi maxsus aralshma tayyorlab olinadi. Buning uchun smetana hamda xantal aralashtiriladi.
Aralashma salatga quyilib, obdon aralashtiriladi.
Tayyor salat likopcha o‘rtasiga solinadi.
Keyin somoncha shaklida atroflariga qovurib olingan kartoshka terib chiqiladi. O‘rtasi qaynatilgan bedana tuxumi bilan bezatiladi.