Shotlandcha shirinlik

  • 2015-10-19 10:13:40
  • 0
  • 0
  • 10597

Masalliqlar

  • un - 130 gr
  • shakar - 50 gr
  • sariyog' - 60 gr
  • tuxum - 2 dona
  • tuz - ta'bga ko'ra
  • soda - 2 gr
  • qovoq - 120 gr
  • dolchin (koritsa) - 3 gr
  • qavartma - 1 choy qoshiq
  • mayiz - 50 gr
  • yong‘oq - 30 gr
  • zanjabil - 2 gr

Tayyorlash usuli

Sariyog‘ mayda bo‘laklarga kesiladi, un, shakar, dolchin, soda hamda qavartma bilan bilan uvalanadi.


Qovoq blenderda pyure holatiga keltiriladi. Mayiz, yong‘oq hamda qovoq pyaresi va bir dona tuxum qo‘shiladi.

Obdon aralashtiriladi.

Stolga un sepilib, tayyor xamir qo‘yiladi. Qo‘l yordamida aylana yasab olinadi va 8 bo‘lakka kesiladi.


Keyin ushbu bo‘laklar pergament qog‘ozi to‘shalgan listga olib o‘tiladi va ustiga tuxum sarig‘i surtiladi. Pirog 180 darajagacha qizdirilgan gaz pechida taxminan 15-20 daqiqa davomida qizg‘ish-tilla rang tusga kirguncha pishiriladi. Pishganligini go‘gurt cho‘pi tiqib ko‘rib tekshirish mumkin.


Yoqimli ishtaha!

Манбаа