Vengercha gulyash

  • 2015-10-20 10:50:00
  • 0
  • 0
  • 12753

Masalliqlar

  • mol go'shti - 300 gr
  • kartoshka - 300 gr
  • piyoz - 300 gr
  • pomidor - 2 dona
  • sarimsoqpiyoz - 1 dona
  • sariyog' - 25 gr
  • tuz - ta'bga ko'ra
  • tuyilgan qora murch - ta'bga ko'ra
  • kashnich - 1 bog‘
  • zaytun yog'i - 2 osh qoshiq
  • acchchiq qizil qalampir - 1 bir chimdim
  • qizil bulg'or qalampir - 1 dona
  • dudlangan kurka go‘shti - 400 gr

Tayyorlash usuli

Mol go‘shti yirik-yirik shakllarda to‘g‘raladi.

Dudlangan go‘sht yirik somoncha shaklida to‘g‘raladi.


Piyoz to‘rt bo‘linib to‘g‘raladi.

Baland olovda to‘g‘ralgan mol go‘sht va dudlangan go‘sht qovuriladi. Piyoz zaytun yog‘ida qovurib olinadi.

Pomidorlarning tepa qismiga kesmalar hosil qilinadi, ustidan qaynoq suv quyilib, sovutiladi. Keyin po‘sti shilinib, urug‘lari ham tozalanadi. Pomidordan qolgan sharbati idishga olib qo‘yilib, pomidor eti mayda kubiklarga to‘g‘ralib, alohida idishga olib qo‘yiladi.

Bulg‘or qalampiri urug‘i va bumidan tozalanib, qirg‘ichdan chiqariladi, so‘ngra go‘sht qovurilgan tovada qovurib olinadi.


Kartoshka yuviladi va tozalanadi, yirik kubik shaklida to‘g‘ralib, go‘sht to‘g‘ralgan tovada qovurib olinadi.


Kastryulyaga barcha ovurib olingan mahsulotlar hamda pomidor sharbati va to‘g‘ralgan et qismi solinadi.


Keyin kastryulyaga barcha mahsulotlarni ko‘madigan darajada suv to‘ldiriladi. Sarimsoqpiyoz po‘sti tozalanmay, pichoqning orqa tarafida eziladi va gulyashga qo‘shiladi, ta'bga ko‘ra tuz, murch qo‘shilib, o‘ota olovda 40-45 daqiqa davomida qaynatiladi.


Gulyash qaynagunga qadar qaylasi tayyorlanadi. Buning uchun tovaga un va sariyog‘ solinib, eritiladi va ozgina suv qo‘shib, aralashtiriladi.


Ushbu aralashma qaynayotgan sho‘rvaga solinadi va yana 10-15 daqiqa qaynatiladi. Dasturxonga barra ko‘katlar bilan tortiladi.

Манбаа


Teglar: issiq taom