Shovulli borsh
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Tayyorlash vaqti: 50 daq
- Toifa: Suyuq ovqatlar
- Taomning kaloriyaliligi: 1459 ккал
- 2015-10-21 09:57:05
- 0
- 0
- 7882
Masalliqlar
- kartoshka - 300 gr
- sabzi - 100 gr
- piyoz - 100 gr
- sariyog' - 1 osh qoshiq
- tuxum - 3 dona
- tuz - ta'bga ko'ra
- tuyilgan qora murch - ta'bga ko'ra
- shovul - 150 gr
- smetana - ta'bga ko'ra
- tovuq boldiri - 300 gr
Tayyorlash usuli
Kastryulyaga 1,5 l suv quyiladi, qaynab chiqqach, bir dona tovuqning oyog‘i va bir dona piyoz yirikligicha suvga solinadi. Keyin 30 daqiqa davomida qaynatiladi.
Alohida idishga suv solinib, qaynab chiqqach, tuxum solinadi va 10 daqiqa qaynatiladi. So‘ngra tuxum sovuq suv ostiga qo‘yiladi.
Kartoshka po‘stidan tozalanib, kubik shaklida to‘g‘raladi.
Sabzi ham tozalanib, o‘rtacha kattalikda to‘g‘raladi.
Kastryulyadan tovuq oyog‘i va piyoz olinadi. Piyozni tashlib yuborsa ham bo‘ladi. Bulonga ta'bga ko‘ra tuz, murch qo‘shilib, to‘g‘ralgan kartoshka solinadi.
Sabzi qo‘shiladi va sabzavotlar yumshoq holatga kelgunga qadar, taxminan 15-20 daqiqa davomida qaynatiladi.
Tovuq go‘shti suyagidan tozalanib, yirik bo‘laklarga to‘g‘raladi.
Shovul barglari poyasidan ajratilib, mayda to‘g‘raladi.
Endi to‘g‘ralgan tovuq go‘shti bulonga qo‘shiladi.
Ketidan shovul solinib, 7-10 daqiqa qaynatiladi.
Sho‘rva ta'mi xushxo‘r bo‘lishi uchun sariyog‘ solinib, olov o‘chiriladi.
Borsh chuqur likopchalarga suzilib, ustiga qaynatilgan tuxum solinib, smetana yoki qaymoq bilan dasturxonga tortiladi.