Yong‘oqli pirog
- Muallif: Мирзахаджаева Севара Адилхаджаевна
- Tayyorlash vaqti: 40 daq
- Toifa: Pishiriq
- Taomning kaloriyaliligi: 4230 ккал
- 2015-10-22 11:03:13
- 0
- 0
- 9844
Masalliqlar
- un - 250 gr
- shakar - 50 gr
- sariyog' - 125 gr
- tuxum - 3 dona
- tuz - 1 bir chimdim
- dolchin (koritsa) - 1 gr
- shakar upasi - 175 gr
- yong'oq - 125 gr
- olcha - 400 gr
Tayyorlash usuli
Blenderga un, 150 gr shakar upasi, kubik shaklida to‘g‘ralgan sariyog‘, dolchin va bir chimdim tuz solinadi.
Keyin maydalanib, tuxum qo‘shiladi va yana blenderga qo‘yiladi. So‘ngra xamir zuvalasi hosil qilinadi.
Xamir ozgina tindirilgach, yoyiladi va un sepilgan qolipga yozilib, sovutgichga 30 daqiqaga qo‘yiladi.
2 dona tuxum oqi blenderda ko‘pirtirilib, shakar sepiladi va qattiq holatga kelguncha ko‘pirtirishda davom ettiriladi.
Yong‘oq ham blenderda maydalanadi va ko‘pirtirilgan tuxum oqi bilan ohista harkatlar bilan aralashtiriladi.
Sovutgichdan xamir yoyilgan qolip olinadi va ustiga yong‘oq-bezeli aralashma surtilib, danagidan tozalangan olcha terib chiqiladi.
So‘ngra 220 daqiqagacha qizdirilgan gaz pechiga solinadi, olov 180 darajagacha pasaytirilib, 30 daqiqa davomida pishiriladi. Pirog pishgach, sovutiladi, shakar upasi sepilib, dasturxonga tortiladi.