Shokoladli "mazurka"

  • 2015-10-23 10:58:50
  • 0
  • 0
  • 7511

Masalliqlar

  • un - 2 stakan
  • shakar - 1.5 stakan
  • sariyog' - 200 gr
  • tuxum - 7 dona
  • qavartma - 30 gr

Tayyorlash usuli

1.Tuxumga shakarni qo’shib mikserda bir xil massa bo’lguncha ko’pirtiriladi. Saryog’ qo’shilib yana

ko’pirtirishda davom etiladi. Barcha masalliqlar bir xil massa holiga kelganidan so’ng, un va razrexlitelni solinib qoshiqda aralashtiriladi.

2.Yog’langan listga massa bir tekkislikda quyilib ,qizigan duxovkada (180C/350 F) 30-35 daqiqa pishiriladi.

3.Mazurka pishgunga qadar glazur tayyorlanadi. Pishib chiqqan Mazurka ozgina so’vutilib artoflari pichoq bilan listdan ko’chiriladi va ustiga shokolad glazuri quyiladi. Glazur ustidan maydalangan kakos va shakar kukuni sepiladi. Yoki xohishingizga ko'ra turlicha bezashingiz mumkin. Mazurkani istalgan shaklda yoki qirralik to’rtburchak shaklida kesishingiz mumkin.