Suzmali salat

  • 2015-09-15 10:11:33
  • 1
  • 0
  • 9534

Masalliqlar

  • bodring - 1 dona
  • suv - 1 stakan
  • tuz - 1 bir chimdim
  • tuyilgan qora murch - 1 bir chimdim
  • suzma - 500 gr
  • kashnich - 300 gr
  • ukrop - 300 gr
  • rayhon - 15 dona
  • yalpiz - 15 dona
  • rediska - 4 dona

Tayyorlash usuli

Bahor faslidan boshlab yozning jazirama kunlariga qadar tayyorlanadigan ishtahabaxsh tansiq taom bo‘lib mustaqil ovqat sifatida nonga surkab yeyish uchun tayyorlanadi.

Suzmaga ozgina suv qo‘shib qatiq quyuqligiga kelguncha iylaysiz. Bunda mayda to‘g‘ralgan boshpiyoz, yalpiz, kashnich, ukrop, rayhon barglarini qo‘shasiz. Bodringni somoncha usulida to‘g‘rab, tuz va murch sepib hamma masaliqni yaxshilab aralashtirib likopchaga solasiz.

Salat tayyor. Yoqimli ishtaha!