Nonushta uchun tuxumli o'rama
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 10 daq
- Toifa: Nonushta
- Taomning kaloriyaliligi: 986.7 ккал
- 2015-10-23 11:20:33
- 0
- 0
- 14564
Masalliqlar
- kungaboqar yog'i - 2 osh qoshiq
- tuxum - 3 dona
- tuz - 1 bir chimdim
- sut - 2 osh qoshiq
Tayyorlash usuli
Tuxumli o’rama juda oson va tez tayyor bo’ladi. Nonushta uchun ayni muddao taom, tayyorlab ko’ring va mazasiga baho bering.
Tayyorlash:
Idishga tuxumlar chaqilib o’zgina ko’pirtiriladi. Sut va chimdim tuz solib bir xil massa tayyorlaniladi. O’rta olovda,qizigan tavoqga ozgina yog’ quyilib tuxumli massadan bir cho’mich quyiladi. Tuxum usti pishgandan so’ng tuxum markazigacha o’raladi.
Qolgan qismiga ulanib , yana tuxumli massa quyuladi va o’rashda davom etiladi. Shu tariqa tuxumli o’rama pishirib olinadi. Tayyor bo’lgan tuxumli o’ramani bo’laklarga bo’linadi. Yoqimli ishtaxa!