Qozonda kabob (shashlik) tayyorlash

  • 2015-10-23 11:32:22
  • 0
  • 0
  • 28871

Masalliqlar

  • mol go'shti - 0.5 kg
  • kartoshka - 6 dona
  • piyoz - 2 dona
  • kungaboqar yog'i - 4 osh qoshiq
  • tuz - 1 osh qoshiq
  • zira - 1 choy qoshiq
  • tuyilgan qora murch - 1 choy qoshiq
  • mol go'shti qiymasi - 0.5 kg

Tayyorlash usuli

Kaboblarni qo’rada tayyorlashning o’ziga yarasha gashti bor, lekin nafaqat qo’rada balki qozonda ham kabob tayyorlash imkoniyatiga egasiz. Ushbu retseptda qozonda kabob tayyorlashni o’rganishingiz mumkin. O’zingiz tayyorlab ko’ring va mazasiga baho bering.
Tayyorlash:
1. Go’shtni o’rtacha kattalikdagi to’rtburchak shaklda kesiladi . 1 ta piyozni yupqa qilib tog’rab yarmini go’shtga yarmini esa qiymaga solinadi. Piyoz ustidan 0,5 piyola gazlangan suv har ikkalasiga solinadi va tuz,zira, muruchlanib yaxshilab aralshtiriladi va 1 soat tindiriladi.
2. Kartoshkalarni archib o’rtacha kattalikda kesiladi va yog’da qizartiriladi.
3. Go’sht va qiyma cho’pga sihlanadi.
4. 1 ta piyoz parrak qilib tog’lanadi va 2-3 qismga bo’linadi. O’rtacha balandlikda gaz olovini yoqib qozonga ozgina yog’ solinadi va kartoshkalar teriladi. Piyozni dona-dona terib ustidan tuz, muruch, zira sepiladi.
5. Kartoshka va piyoz ustidan bir qavat kaboblar teriladi va yana piyoz terilib, kaboblarning ikkinchi qavati teriladi.
6. Shu tariqa barcha kaboblar qozonga teriladi va qozon qopqog’i yopilib 1-1,5 soat davomida pastroq (juda ham past emas) olovda pishiriladi.
Kaboblar tayyor. Yoqimli ishtaxa!