Non tayyorlash
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 180 daq
- Toifa: Nonushta
- Taomning kaloriyaliligi: 4131.9 ккал
- 2015-10-23 11:55:26
- 0
- 0
- 42095
Masalliqlar
- kungaboqar yog'i - 2 osh qoshiq
- un - 1 kg
- tuxum - 1 dona
- suv - 0.5 litr
- tuz - 1.5 osh qoshiq
- xamirturush - 1 osh qoshiq
- kunjut - 2 osh qoshiq
Tayyorlash usuli
Tayyorlash:
1. Idishga 2 kosa tuzli suv solinadi va droja, salat yog’i, un solib yumshoq qo’lga yopishmaydigan hamir qoriladi. Hamirni usti yopilib 1 soat hamir oshishi uchun iliq joyga qo’yiladi.
2. Oshgan hamirni 1-2 mushtlab yana yarim soat tindiriladi. Tingan hamir yog’langan non uchun qolipga solinadi YOKI yog’langan listga doira shaklda ustiga tuxum surtib, sedana sepib 15-20 daqiqa yana tindiriladi.
3. Nonlar qizigan duxovkada (350F/175C ) 35-40 daqiqa pishiriladi.
Non tayyor. Yoqimli ishtaxa!