Murabboli pirog

  • 2015-10-23 12:24:44
  • 0
  • 0
  • 61658

Masalliqlar

  • un - 3 stakan
  • shakar - 1 stakan
  • sariyog' - 250 gr
  • tuxum - 2 dona
  • soda - 1 choy qoshiq
  • vanilin - 30 gr
  • qatiq - 0.5 stakan

Tayyorlash usuli

Pirog juda oson va tez tayyor bo’ladi. Yaqinlaringiz va oila a’zolaringiz davrasida dasturxon uchun ayni choybob pirog.
Tayyorlash:
1.Idishga un solinadi va saryog’/margarin qizg’ichdan chiqarilib aralashtiriladi.
2.Alohida idishda, qatiq choy sodasi bilan aralashtirilib unli massaga qo’shiladi va shakar, tuxum,vanilin solib yumshoq hamir qoriladi.
3.Hamir usti yopilib 0,5 soat xona haroratida tindiriladi.
4.Tingan hamir 2 bo’lakga bo’linadi. 1- bo’lagi kattaroq, 2-bo’lagi kichikroq bo’lishi kerak. Katta hamir bo’lagi doira yoki to’rtburchak shaklda listga yoyiladi. Kichik hamir bo’lagi esa o’rtacha qalinlikda yoyiladi va uzun kesmalar kesiladi.
5. Listga yoyilgan hamir bo’lagi ustiga murabbo surtiladi va kesib olingan hamirlar bilan savat shaklida bezatiladi.
6. Pirogni qizib turgan duxovkada o’rta olovda 30-35 daqiqa yoki pirog usti pushti rang olguncha pishiriladi. Pishgan pirok ustiga shakar kukuni (саҳарная пудра ) sepiladi.
Yoqimli ishtaxa!