Sirniki
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 30 daq
- Toifa: Nonushta
- Taomning kaloriyaliligi: 1819.77 ккал
- 2015-10-23 15:31:13
- 0
- 0
- 10073
Masalliqlar
- un - 0.5 stakan
- shakar - 0.5 stakan
- tuxum - 2 dona
- tuz - 1 bir chimdim
- vanilin - 2 choy qoshiq
- qavartma - 0.5 choy qoshiq
- tvorog - 500 gr
- uzum - 0.5 stakan
Tayyorlash usuli
Bu tez pishar va juda mazali taom «sirniki» (rus: so‘rniki) deb nomlanadi. Ko'pgina slavyan oshxonalarida uchraydigan bu taomni asosiy masallig'i pishloq emas balki tvorogdir. Tvorog so'zi bizga rus tilidan kirib kelgan. Lekin qadimda ruslar tvorogni «so‘r» deb atashgan. Keyinchalik bu sut maxsuloti «tvorog» degan nomni olib, «so‘r» so'zi esi biz xozirda bilgan pishloqni anglatishni boshlagan. Boshqa bir qator slavyan tillarida tvorogni hali ham «sir» deb nomlashadi. Shuning uchun ham nomi «sirniki».
1. Tvorogni blenderda maydalab olamiz. Agar tvorog suvli bo'lsa, maydalashdan oldin uni dokaga solib, suvini siqib chiqarib olish kerak.
2. Tvorogga tuxum, shakar, smetana va vanilin ko'shamiz va blenderda yana aylantirib aralashtiramiz. 3. Alohida idishda yarim piyola un, razrixlitel va tuzni aralashtirib olib, blednerdagi qorishmaga solamiz va yana aralashguna aylatirmaiz.
4. Uzumni qo'shib, koshik yoki spatulada aralashtirib olamiz.
5. Bir osh qoshiq yog' yeki sariyog'ni tovada o'rta olovda qizitishga qo'yamiz.
6. Muz qaymoq uchun ishlatiladigan maxsus qoshiqda (bo'lmasa oddiy qoshiq) tvorog qorishmasidan bir hissadan olib, koptokcha shakliga keltiramiz.
7. Koptokchalarni alohida likopchaga solingan unga qoramiz va ohista ezib yapaloq shaklga keltiramiz.
8. Sirnikilarga kerakli shakl bergandan keyin tezda yog'ga solgan ma'qul. Past olovda chiroylik qizarguncha aylantirb pishirib olinadi. Qizimagan yog'ga solinsa sirnikilar yog' shimib, juda yog'li bo'lib qoladi.
9. Sovutmasdan smetana, quyiltirilgan sut, murabbo yoki asal bilan dasturxonga tortilgan sirniki juda mazali bo'ladi.
Taom tayyor. Yoqimli ishtaha!
Qo'shimcha:Tvorogli qorishmani blenderda ezish va aralashtirish qulay va tez bo'lsada yuqoridagi jarayonni vilka yordamida ham bajarsa bo'ladi. Vilkada ezishning ustunligi shundaki, hosil bo'lgan qorishma qattiqroq bo'lib, undan koptokchalar yasash osonroq bo'ladi. Blenderda tayyorlangan qorishma esa mayin va yumshoq bo'lgani uchun undan koptokchalar yasash ma'lum darajada maxorat talab qiladi.