Bifstrogan

  • Muallif: Malika
  • Tayyorlash vaqti: 60 daq
  • Toifa: Quyuq ovqatlar
  • Taomning kaloriyaliligi: 1266.4 ккал
  • 2015-10-26 12:47:02
  • 0
  • 0
  • 7976

Masalliqlar

  • mol go'shti - 400 gr
  • piyoz - 200 gr
  • smetana - 200 gr
  • ziravor - ta'bga ko'ra
  • tomat pastasi - 1 osh qoshiq

Tayyorlash usuli

Kerak bo‘ladi: 400 g mol go‘shti, 200 g piyoz, 200 g smetana, 1 osh qoshiq tomatli qayla, 1 choy qoshiq un, tuz, murch va qovurish uchun yog‘.

Tayyorlanishi: go‘shtni yuvib, qog‘oz salfetka bilan quriting. Go‘sht tolalariga ko‘ndalang ravishda 0,5-1 sm yo‘g‘onlikda parrak-parrak qilib to‘g‘rang. So‘ng bo‘laklarni oshxona to‘qmoqchasi bilan urib chiqing. Har bir bo‘lakni ingichka (0,5-0,7 sm) somoncha shaklida kesing. Piyozni maydalab to‘g‘rang. Tovaga ozroq o‘simlik yog‘idan quying. Yaxshi qizigandan keyin go‘shtning yarmini solib, aralashtirib turgan holda taxminan 1-2 daqiqa qovuring. Qovurilgan go‘shtni chuqurroq likopga solib, ikkinchi yarmini ham shu tarzda toblab oling. Likopga solganingizdan so‘ng, tovaga yog‘ quyib, piyozni qovuring. Hali rangi o‘zgarmay turib, ustidan un seping va aralashtiring. Smetana, tomat sousini qo‘shib, tuz, murch seping. Taxminan 0,5 stakan suv solib, aralashtiring. Qaynab chiqqach, ustidan go‘shtni soling. Yana bir marta qaynab chiqqanidan keyin ustiga qopqoq yoping. Olovini pasaytirib, 1 soatga dimlab qo‘ying. Bifstroganni dasturxonga qaynatilgan kartoshka, makaron yoki guruch bilan tortishingiz mumkin.


Teglar: go'sht