Kartoshkali «shaftoli»

  • 2015-10-26 13:15:50
  • 0
  • 0
  • 8495

Masalliqlar

  • kartoshka - 10 dona
  • piyoz - 1 dona
  • un - 6 osh qoshiq
  • tuxum - 1 dona
  • ziravor - bir chimdim
  • pishloq - 100 gr
  • mol go'shti qiymasi - 200 gr
  • tuxum oqi - 1 dona
  • nami qochgan non - ta'bga ko'ra

Tayyorlash usuli

Kerak bo‘ladi: 10 dona kartoshka, 1 ta tuxum, 200 g go‘sht qiymasi, 1 dona piyoz, 6 osh qoshiq un, 100 g qattiq pishloq, ziravorlar (sarg‘ish ziravor — kurkuma, garmdori, tuz, qora murch), non talqoni va 1 ta tuxum oqi.

Tayyorlanishi: kartoshkani qaynatib, soviting, so‘ng tozalang. Qiymaga ziravor va mayda to‘g‘ralgan piyoz qo‘shing. Kichkina kotletchalar shaklida yumaloqlab, qovurib oling. Kartoshkani qirg‘ichdan o‘tkazib, ikkiga bo‘ling. Tuz, murch aralashtiring. Shuningdek, bir qismiga sariq rangli ziravor, ikkinchisiga garmdori aralashtiring. Butun tuxumni ikkiga bo‘lib, ikkala kartoshkali aralashmaga qo‘shing. Pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazib, ikkalasigayam aralashtiring. Endi un qo‘shasiz (unni kartoshka holatiga qarab ko‘proq yoki kamroq solasiz). Ikkala kartoshkali aralashmadan bir osh qoshiqdan olib birlashtiring (sar­g‘ish-qizg‘ish yon tomon hosil bo‘ladi). So‘ng 2 ta kulchacha yoyib, birining o‘rtasiga kotletni joylang va ikkinchi qismi bilan yoping. Chetlarini birlashtirib chiqing. Ustiga cho‘tka bilan tuxum oqidan surib, non ushoqlarini seping. Barcha (8 tacha) shaftolini yog‘ surilgan qolipga tering. Oldindan 200 darajagacha qizdirilgan duxovkada 10-15 daqiqa davomida pishiring.


Teglar: buterbrod