Meksikancha balish
- Muallif: Karimova Diyora Baxtiyor qizi
- Tayyorlash vaqti: 40 daq
- Toifa: Nonushta
- Taomning kaloriyaliligi: 2223.26 ккал
- 2015-10-26 16:14:40
- 0
- 0
- 11108
Masalliqlar
- piyoz - 1 dona
- pomidor - 1 dona
- bulg'or qalampir - 1 dona
- sarimsoqpiyoz - 1 bo‘lak
- un - 200 gr
- shakar - 1 ta'bga ko'ra
- sariyog' - 30 gr
- tuxum - 1 dona
- tuz - 1 ta'bga ko'ra
- tuyilgan qora murch - 1 ta'bga ko'ra
- xamirturush - 3-4 choy qoshiq
- ko'kat - 1 bog‘
- sut - 100 ml
- jo'xori - 4 osh qoshiq
- kunjut - 1 choy qoshiq
- mol go'shti qiymasi - 200 gr
Tayyorlash usuli
1.Un va xamirturushni aralashtiring. Sut, shakar, tuz va eritilgan sariyog'ni ham qo'shing. Tuxum oqini xamirga solib, sarig'ini alohida idishga olib qo'ying. Masalliqlarni aralashtirib, xamir tayyorlang-da, ko'tarilishi uchun qoldiring.
2. To'rtburchak shaklda to'g'ralgan bulg'or qalampiri, piyoz va pomidorni 3-4 daqiqa davomida yog'langan tovada qovuring.
3. Masalliqlarga go'shtni qo'shib, qovurishni davom ettirasiz. So'ng makkajo'hori, sarimsoqpiyoz, tuz va zirivorlar solinadi. 2-3 daqiqadan keyin olovni o'chirib, to'g'ralgan ko'katlarni qo'shasiz-da, dimlaysiz.
3. Xamirni kichik zuvalachalarga ajratib chiqing. har birini dumaloq shaklda yoyib, ichiga qiymani soling-da, tuging. Kulcha yuzasiga atalangan tuxum sarg'ini surtib, kunjut sepasiz. Pishiriq 190 daraja haroratda qizdirilgan gaz pechiga qo'yiladi.