Olmali buterbrod

  • Muallif: Malika
  • Tayyorlash vaqti: 20 daq
  • Toifa: Nonushta
  • Taomning kaloriyaliligi: 1678.5 ккал
  • 2015-10-26 16:53:29
  • 0
  • 0
  • 6410

Masalliqlar

  • olma - 4 dona
  • shakar upasi - 1.2 stakan
  • non - 1 dona
  • tuxum oqi - 2 dona

Tayyorlash usuli

Kerak bo‘ladi: 1 ta ba­ton, 4 dona olma, 2 ta tuxum oqi, 1/2 stakan shakar upasi.

Tayyorlanishi: batonni 1 sm yo‘g‘onlikdagi bo‘laklarga bo‘lib chiqing. Tuxum oqini yaxshilab ko‘­pirtiring. Kam-kam shakar upasidan sepib, qat­tiq ko‘pik holatiga keltiring. Olmalarni 4 ga bo‘lib, po‘chog‘idan tozalang va parrak-parrak qilib to‘g‘rang. Olma bo‘­laklarini baton burdasi ustidan tering. Olmali buterbrod ustini osh qoshiq yordamida tuxum ko‘pigi bilan qoplab chiqing. So‘ng duxovkada 250 daraja haroratda yoki mikroto‘lqinli pechda eng yuqori quvvatda tuxum oqi sal qizargunicha toblab oling.


Teglar: duxovka non nonushta